Открытый урок по узбекскому языку на тему: СОННИНГ МАЪНО ТУРЛАРИ

Раздел Иностранные языки
Класс 8 класс
Тип Рабочие программы
Автор
Дата
Формат doc
Изображения Есть
For-Teacher.ru - все для учителя
Поделитесь с коллегами:


Hozirgi o'zbek tilida son va uning ma'no turlari

Reja:

1. Sonning morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash

2. Miqdor sonlar va tartib sonlarning farqli tomonlarini ko'rsatish

3. Numerativ so'zlarga doir amaliy mashqlar bajarish

Amaliy mashg`ulotning maqsadi:

Ta`limiy maqsad: sonning ma'no turlarini aniqlash, boshqa mustaqil so'zlardan farqli tomonlarini ko'rsatish;

Tarbiyaviy maqsad: Talabalarni vatanga, millatga, o'z ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning ilmiy-nazariy fikrlashini rivojlantirish

Dars turi: amaliy mashg'ulot

Dars usuli: munozara, aqliy hujum

Dars jihozi: darsliklar, slaydlar, tarqatma materiallar

Mashg`ulotga doir tayanch tushunchalar:

Differensiatsiya(farqlanish)

Logogramma (belgi; son turkumiga mansub so'zlarning ma'nolarini ifodalovchi raqamlar)

Numerativlar (hisob so'zlar)

Numeralizatsiya(sonlashish)

Zaruriy adabiyotlar:

1. O'zbek tili grammatikasi. I jild. - Toshkent,1975.

2.Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent,1980

3.Mirzayev M. va boshqalar. O'zbek tili. -Toshkent,1978

4.Azizov O. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent,1982.

5.Irisqulov N. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent,1992.

6.Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent,2005

7.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent,2006

8.Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o'zbek tili. -Toshkent,2007

9.Ikromova R.,Qosimova K. O'zbek tilidan mashqlar to'plami/ - Toshkent,1988.

11.Lutfullayeva D.,Davlatova R. O'zbek tilining amaliy grammatikasi - Toshkent,2010.

12. "O'zbek tili va adabiyoti" jurnallari.

13."Til va adabiyot ta'limi" jurnallari.

14. 12. ziyonet.uz.

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism:

1) Talabalar bilan salomlashish.

2) Auditoriya holatini tekshirish.

3) Berilgan topshiriqlarni tekshirish.

II. Asosiy qism:

1.Yangi mavzu bayoni:

Son predmetlarining aniq sanog`ini, tartibini bildirishi bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi. Sanaladigan predmet nomini anglatuvchi ot bilan qo`llanmagan (besh, o`n, beshdan ikki kabi) sonlar matematik son ma`nosini ifodalab, mavhum ma`noda bo`ladi va faqat sonlarnig nomini anglatadi. Sonlar sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so`zlar bilan qo`llanganda esa son turkumini tashkil etadi. Son so'zlar sonning nomini bildirganda matеmatik atama sanaladi, raqamlar-son turkumiga mansub so'zlarning ma'nolarini ifodalovchi logogrammalar. Ular o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi:

a) g'arbiy arab raqamlari: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,20,100,1000....

arab raqamlari aslida Hindistonda(5-asrga yaqin) kashf etilgan bo'lsa-da, arab Sharqiga buyuk o'zbеk olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "Arifmеtika" asari orqali kirib kеlgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Еvropada (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Еvropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Hindistonda yuzaga kеlgan bu raqamlarning "arab raqamlari" dеb nomlanishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor.

b) rim raqamlari-qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar. Bu raqamlar miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan. Ular bеlgilardan tashkil topgan: I(bir), V(bеsh), X(o'n), L(ellik), C (yuz), D(bеsh yuz), M (ming)…

Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurlarini bildiradi va shu jihatdan o`sha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish belgining (harakatning) belgisini bildiradi, son esa predmetning miqdori, sanog`i va tarkibiga ko`ra belgisini ifodalaydi.

Sonlar otlar bilan birga qo`llanib, bir necha predmetlarning yig`indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan sonlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko`p, oz, biroz kabi so`zlardan farqlanadi. Son predmetlarning aniq miqdorini (o`nta kitob) yoki noaniq miqdorini (uch-to'rt odam) ifodalaydi. Bu hollarda ham sonlarni yozuvda raqamlar bilan ifodalash mumkin:10 ta kitob yoki 3- 4 odam kabi. Biroz, ko`p, ancha kabi predmetlarning noaniq miqdorini bildiruvchi so`zlar esa raqamlar bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham ular son hisoblanmaydi.

Sonlar o`ziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi.

1.Sonlar o`ziga xos forma ko`rsatkichlariga ega: -ta, -tadan,-ov, -ala,-tacha, -lab, -cha, -larcha,-i(nchi) kabi. Bu affikslarning qo`shilishidan predmetlarning donasini, taqsimini ko`rsatuvchi, predmetlarning guruhini, to`dasini ko`rsatuvchi, predmetlarning (tartibiga) taxminiy hisobini ko`rsatuvchi, predmetlarning tartibiga ko`ra munosabatini ko`rsatuvchi kategoriyalar hosil bo'ladi.

2.Sonlarning hisob so`zlar (numerativlar) bilan birga qo`llanishi ularning boshqa so`z turkumlaridan ajralib turuvchi o`ziga xos belgilaridan biridir: yuz metr, o'n tanob, bir soat, yuz nafar, uch tanga kabi.

3.Sonlar deyarli so`z yasovchi affikslarni qabul qilmaydi. Boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Sondan esa turli so`z turkumlariga oid so`zlar yasalishi mumkin: uch-lik, ikki-lan-moq. Ba'zi sonlar hech qanday affikslarsiz ham ot vazifasida ishlatilishi-otlashishi mumkin: qirq, etti, yigirma (aza marosimlari nomlari) va boshqalar.

T O P SH I R I Q

Berilgan gaplardagi son turini aniqlang, semantik farqini ko'rsating.

  1. Yillik hisobot ikki nusxadan qilib chiqarildi.

  2. Bir chiroyli, bir yoqimli shamol esib, ko'ngillarni quvontiradi.

  3. Yoshi oltmishlardagi bir juvon kelib Mirzayevni so'radi.

  4. Birinchisi uning gapiga bir-ikki luqma qo'shgan bo'ldi.

  5. Falsafada shunday g'oya mavjud edi:Ong birlamchi mahsulmi yoki materiya?

Sonlarning sintaktik xususiyatlari quyidagicha:

1.Sonlar odatda otlarning aniqlovchisi bo`lib keladi. Bu ularning asosiy sintaktik xususiyatlaridan biridir. Qirq dastgoh tinimsiz ishlar, uni faqat o'n kishi boshqarardi.

2.Sonlar hech qachon o`ziga belgi ifodalovchi so`zlarni tobe qilib kelmaydi, ya'ni aniqlovchi olmaydi

3.Sonlar ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda, ko`pincha keyingi hokim bo`lakka nisbatan ot bilan birikmali bo`lak hosil qilgan holatda munosabatga kirishadi: uchta odam kelmadi gapini aniqlovchisiz-odam kelmadi holida qo`llab bo`lmaydi, ma'noda g'alizlik yuzaga keladi.

4.Ba`zan son va sifat yonma-yon otning aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin: bitta qizil olma kabi. Bunday o'rinlarda oldin son-aniqlovchi, keyin sifat-aniqlovchi keladi.

5.Sonlar gapda ko`pincha aniqlovchi, kesim, ega, to`ldiruvchi vazifasida keladi.

T O P SH I R I Q

Jadvalni to'ldiring.

Son kesim vazifasida

Son ega vazifasida

Son aniqlovchi vazifasida

Son to`ldiruvchi vazifasida


Masalan: Uchinchi qo'shnim murabbiya bo'lib ishlaydi (aniqlovchi vazifasida).

???Muammoli savol: -lar affiksi sonning qaysi turlariga qo'shiladi hamda bu sonlar qanday ma'no anglatadi?

T O P SH I R I Q

Quyida berilgan savol va topshiriqlarga yozma javob bering.

  1. Sanoq songa xos morfologik xususiyatlarni ayting?

  2. Sonning qaysi turlari hisob so'zlar bilan birgalikda qo'llanadi?

  3. -ta affiksi so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni qay yo'sinda qabul qiladi?

  4. Bitta ham gapirmadi, bittayam kulmadi birikmalarini izohlang?

Sonlar ma`no va grammatik xususiyatlariga ko`ra dastlab ikkiga bo`linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar, miqdor sonlar predmetning miqdori, sanog`iga ko`ra belgisini, tartib sonlar esa ularning tartibi sirasiga ko`ra belgisini ko`rsatadi.

Miqdor sonlar predmetlarni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab ko`rsatish uchun qo`llanadi.

Sonning bu turi quyidagicha grammatik xususiyatlariga ko`ra tartib sonlardan farqlanadi:

-Miqdor sonlar o`ziga xos morfologik ko`rsatkichlarga ega. Tartib sonlar esa -(i) inchi affiksi orqali yasaladi.

-Miqdor sonlar hisob so`zlari (numerativlar) bilan birga qo`llanadi. Tartib sonlar esa bu xil so`zlarsiz ishlatiladi.

-Miqdor sonlar juftlashib kela oladi, tartib sonlarda esa bunday xususiyat yo`q.

-Miqdor sonlar birikmali holda uchdan bir, to`rtdan uch kabi formalarda ishlatiladi, tartib sonlar esa bunday qo`llanmaydi.

- Miqdor solnlar -lar afiiksini olib ko`pincha taxminiy miqdor bildiradi(Soat uchlar atrofida edi), tartib sonlar esa ba`zan -lar affiksini olib ko`plikni ifodalovchi ot vazifasida keladi(beshinchilarga [abar bering).

T O P SH I R I Q

I.Quyida berilgan numerativ so'zlarni tartib bo'yicha yozing

Luqma, nimta , dasta, nusxa, hovuch, shingil, dona, guruh, bosh, chimdim ,to'da, poy, shoda, nafar, tanga, qatla, qatra, quchoq, gala,bo'lak, qism, qisim, siqim.

  1. To'dalab, guruhlab ko'rsatuvchi:

  2. Predmetni yakkalab ko'rsatuvchi:

  3. Butunning qismini ko'rsatuvchi

II.Arxaik numerativ so'zlarga misol keltiring:

NAMUNA: chaqa, miri, pud, gaz, botmon, tanob, qadoq.

III. Nofaol numerativ so'zlarga misol keltiring:

NAMUNA:qatla, daf'a, sidra, karra.

???Muammoli savol: son yasovchi affikslar numerativ so'zlarga qo'shiladimi, shunday bo'lsa ular qaysilar?


T O P SH I R I Q

Chama son qatnashgan gaplarni tahlil qiling

  1. Sertuproq yo'ldan ikki yuz metrcha naridagi chaylada bir chol o'tiribdi.

  2. Bu yer frontdan minglarcha kilometr uzoqda edi.

  3. Bundan bir yarim yillarcha muqaddam qo'lga tushgan edi.

  4. Uch kunmi bo'lgan edi, bir ko'zim tushgan edi.

  5. Bir oylardan keyin ular turmush qurishdi.

6.Yer to'rt-to'rt yarim tanobcha kelar edi.

Сўз туркумларининг отга кўчиши субстантивация ҳодисаси дейилади. Ўзбек тилида сонлар субстантивлашишининг маълум тартибга асосланганлиги ҳам соннинг лисоний хусусиятларидан бири саналиб, сон отлашганда кўпинча сон + от тузилиши от+сон тузилишида ўрин алмашади, яьни сифатловчи + сифатланмиш муносабати қаратқич+ қаралмиш муносабати билан ўрин алмашади Бунда бирликдаги от кўплик формаси ва қаратқич келишигини , отлашган сон эса III шахс бирлик эгалик қўшимчасини олади: иккита бола- болаларнинг иккитаси каби. Ёки от чиқиш келишигини олиши ҳам мумкин: иккита бола- болалардан иккитаси каби.

Сондаги эмиграцион кучиш нумерализация (сонлашиш) дейилади:От туркумидаги сўзлар энг кўп сон ўрнида қўлланади, масалан, каср сонни ифодаловчи нимчорак (1/8), чорак (1/4), ярим (1/2), бутун (1,0) , туман (10.000), лак (100.000) каби отлар бор. Узбек шеваларида 32 тишнинг бутлигига ишора сифатида 32 сони бутун маъносида кулланади. Олмош туркумидаги сўз сон ўрнида қўлланади: Фалончи числода мажлис булади.ёки а фисмадончи ўринни эгаллаб турибд.;

T O P SH I R I Q

Berilgan savollarga yozma javob bering.

  1. Tartib songa xos xususiyatlarni ko'rsating.

  2. Birgalik sonlar qay tartibda yasaladi.

  3. Hisob so'zlarning morfologik xususiyatlarini ko'rsating.

  4. -tadan affiksining morfologik xususiyatlarini ko'rsating.

  5. Jamlovchi sonning affikslarini ma'no jihatdan izohlang.

3.Darsni yakunlash.

Darsda faol qatnashgan talabalarni rag`batlantirish va dars davomida olgan ballarini e`lon qilish.

4. Uyga vazifa berish:

1. Mavzuni o`zlashtirish va mavzuga oid matbuotda e`lon qilingan ilmiy maqolalarni konspekt qilish.

2. Son turkumini qatnashtirib, minimal matn tuzish.

4. Keyingi dars mavzusiga nazariy-amaliy tayyorgarlik ko`rish.


© 2010-2022