Открытый урок Серная кислота

Mavzu: Sulfat kislota  Dars maqsadi va vazifalari Ta’limiy: Sulfat kislotaning tuzilishi, xossalari, olinishi va ishlatilishi haqida ilmiy tushuncha berish; Tarbiyaviy: o’quvchilarning ilmiy – materialistik dunyoqarashlarini tarbiyalash; sulfat kislotaning olinishi va ishlatilishi asosida kasbiy yo’llanma berish; Rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, tajribalarni bajarishda ijodiy qobiliyatlarini, reaksiya tenglama tuzish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.   DTS talablari  Bilish! Sulfa...
Раздел Химия
Класс -
Тип Конспекты
Автор
Дата
Формат doc
Изображения Есть
For-Teacher.ru - все для учителя
Поделитесь с коллегами:





Открытый урок Серная кислота


Mavzusi bo'yicha kimyo fanidan

8 sinflar uchun ochiq dars ishlanmasi









Mavzu: Sulfat kislota

Dars maqsadi va vazifalari

Ta'limiy: Sulfat kislotaning tuzilishi, xossalari, olinishi va ishlatilishi haqida ilmiy tushuncha berish;

Tarbiyaviy: o'quvchilarning ilmiy - materialistik dunyoqarashlarini tarbiyalash; sulfat kislotaning olinishi va ishlatilishi asosida kasbiy yo'llanma berish;

Rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, tajribalarni bajarishda ijodiy qobiliyatlarini, reaksiya tenglama tuzish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.

DTS talablari Bilish! Sulfat kislotaning tuzilishi, xossalari, olinishi va ishlatilishi

Qila olish! Sulfat kislotaning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiya

tenglamalarini tuzish; Sulfat ionini aniqlashga doir tajribani

bajarish.

Dars tipi: Yangimavzuni o'rganish va mustahkamlash

Jihoz va reaktivlar: kodoskop, sulfat kislota, distillangan suv, qora quti, probirkalar,

stakan, qisqich, shakar, NaOH, BaCl2, Na2SO­4, CuSO4,Al2(SO4)3,

shar sterjenli model

Dars uslubi(metodi): suhbat; didaktik o'yinlarlar("qora quti", "Yuzma yuz",

"Tasdiqla"), boratoriya ishi; kodoskop bilan ishlash, klaster tuzish,

interfaol metodlar

Tayanch so'zlar: gips, mis kuporosi; temir kuporosi, alabaster; konsentrlangan va

suyultirilgan sulfat kislota

Doskada: Dars mavzusi, reja

Darsning borishi I Tashkiliy qism

  1. salomlashuv, davomad

  2. navbatrchilik va sinf xonasining tozaligi

  3. darsga tayyorgarlik

II O'tilgan mavzuni mustahkamlash

  1. 5- daqiqali Yuzma-yuz o'yini

No'malum moddaga tegishli xossalar sanab o'tiladi. Agar 1 -ta'rifdan so'ng javob topilsa "5"; 2- ta'rifdan so'ng "4"; va h.k.

  1. Uning nomi oqish to'kilish degan ma'noni anglatadi

-U eng yuqori faollikka ega

- Tish pastasi tarkibida uchraydi

-U Freon tarkibida bo'ladi (Ftor)

B) Bu metallmas qadimdan "Vulqon xudosining sarig'i" nomi ostida ma'lum

- U uy ro'zg'orda ko'p ishlatiladi

- Qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qarshi kurashish vositasi

- Rezina sanoatining asosiy elementidan biri

U kok-moviy alangalanib yonadi (oltingugurt)

2) Uy vazifasini tekshirish (Tasdiqla o'yini)

"Ha" yoki "yo'q" (doskada 2 o'quvchi chaqiriladi)

I var. II var

SO2 xossalari SO3

1. Oddiy sharoitda gaz + -

2. Suvda yaxshi eriydi + -

3. Hidga ega emas + -

4. Havodan yengil - -

5. Zaharli - -

6. Kislotali oksid + +

7.Oltingugurtning oksidlanish + -

darajasi +4

8.Oltingugurtning oksidlanish - +

darajasi +6

9.Bo'yoqlarni rangsizlantiradi + -

10. Suv bilan ta'sirlashib sulfat kislota hosil qiladi - +

3) SO2 va SO3 ning suv bilan ta'sirlashish reaksiyasini yozing

III Yangi mavzu bayoni

Qora quti didaktik o'yini:-Uni kuporos moyi deb nomlashadi;kimyo sanoatining asosiy mahsulotlariga kiradi, suvni yutish xususiyatiga ega, akkumulyatorlarda elektrolit sifatida ishlatiladi, og'ir rangsiz suyuqlik , suvda eriganda probirka qiziydi.

Qora qutida nima? (sulfat kislota)


  1. Sulfat kislotaning empiric, tuzilish va electron formulasini yozish(shar sterjenli model tuzish)

Открытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислотаH - O O H : O: S ::O

HSO4 H - O - S = O H : O: ::O


  1. OОткрытый урок Серная кислотаlinishi: Reaksiya o'zgarishlarini amalga oshirish

FeS →SO2 ­→ SO3 → H2SO4

  1. Fizik xossalari: Klaster chizish

Открытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислотаM=98 g/mol

Открытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислотаTqay=296,2oC rangsiz suyuqlik

H2SO4

pОткрытый урок Серная кислотаОткрытый урок Серная кислота=1,84 moysimon

sОткрытый урок Серная кислотаuvda yaxshi eriydi hidsiz

og'ir

  1. Kimyoviy xossalari:

Reaksiya mahsulotlari va reagentlarning mos javobini toping

1. Zn + H2SO4 A)BaSO4+HCl

2. CuO + H2SO4 B)CuSO4+SO2+H2O

3.NaOH + H2SO4 C)ZnSO­4+H2

4. BaCl2+H2SO4 D)Na2SO4+H2O

5.C+H2SO4 E)CuSO4+H2O

6.Cu+H2SO4 F)CO2+SO2

Javoblari: 1-C, 2-E, 3-D, 4-A, 5-F, 6-B

Kodoskop asosida slaydlar namoyishi: metallarning suyultirilgan va konsentrlangan kislota bilan ta'sirlashuvi

IV Yangi mavzu bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlash

Открытый урок Серная кислота

5)Laboratoriya ishi No9

Turli moddalarda sulfat ionlarini aniqlash

  1. 4 ta probirkaga H2SO4, Na2SO4, CuSO4, Al2(SO4)3 modda eritmalari quyiladi

  2. Har bir eritma ustiga 1-2 ml BaCl2eritmasi quyiladi

  3. O'zgarishlarni kuzatish

  4. Reaksiya tenglamalarini tuzing H2­SO4+BaCl2→BaSO4+HCl

Na2­SO4+BaCl2→BaSO4+NaCl

CuSO4+ BaCl2→BaSO4+CuCl2

Al2(SO4)3+3BaCl2→BaSO4+AlCl3

  1. Xulosa:Kislota hamda ishqorda erimaydigan oq cho'kma↓ tushadi.

6)Ertak "sulfat kislota sarguzashtlari"

Bir bor ekan bir yo'q ekan qadim -qadim zamonda kimyo saltanatida Qirolicha SUV hamda Qirol oltingugurt (IV)oksidida bola dunyoga keladi. Hamma o'g'il bola tug'ildi degan umid bilan qo'liga ko'k tasma bog'laganlarida tasma rangi qizilga bo'yaladi. Bu esa qiz bola tug'ilganidan darak beradi.

Unga chiroyli ism KISLOTA, oatsining sharifi Sulfat deb atashadi. Uning DNK si tarkibida otasi SO3 onasi esa suv bo'lganligi uchun vodorod, oltingugurt, kislorod bo'ladi. Qon guruhi esa vodorodlar soniga qarab 2 ga teng edi. U o'z qarindoshlari haqida ko'p qiziqqanligi sababli o'qituvchisi "Murakkab modda" unga yorliq beradi, unda geneologik daraxt tasvirlanadi:

Oltingugurt-oltingugurt(iV)oksidi-Oltingugurt (Vi)oksidi-sulfat kislota-Sulfatlar

Ozon-kislorod-Suv- Sulfat kislota- Sulfatlar

18 yoshga kirib uning dunyoni ko'rgisi keladi.

Darsni yakunlash va baholash

Xulosa: Dars davomida sulfat kislota va uning xossalari bilan tanishib chiqildi

Ta'riflarni aytgan o'quvchilar - 3 ball

Ta'rif va formulalarni to'gri yoza oladigan o'quvchi- 4 ball

Ta'rif va formula va reaksiyalarni to'gri yoza oladigan o'quvchi - 5 ball

Uy vazifasi: 41§ ni o'qish, 150-betdagi 1-4 mashqni bajarish


Sulfat kislota mavzusi bo'yicha o'tiladigan dars uchun

jihoz va reaktivlar ro'yxati keltirilgan

BUYURTMA


9 - Laboratoriya ishi

Moddalar tarkibida sulfat ionlari borligini aniqlash

Kerakli jihoz va reaktivlar

Soni(miqdori)

H2SO4 sulfat kislota

2ml*15 ta

Na2SO4 natriy sulfat

2ml*15 ta

CuSO4*5H2O mis kuporosi

2ml*15 ta

Al2(SO4)3 alyuminiy sulfat

2ml*15 ta

BaCl2 bariy xlorid

8ml*15 ta

Shisha probirkalar

4ta* 15 ta

qisqich



Kimyo o'qituvchisi

Laborant

© 2010-2022